311 124 067 cум
278 322 334 cум
324 450 000 cум
Ichki ko‘rinishining dizaynida a’lo sifatli materiallar foydalanilgan, buning hisobiga endilikda salon avvalgi avlodlarning modellari ichki ko‘rinishiga nisbatan ancha savlatliroq ko‘rinadi. Markaziy konsoldagi tugmalarning qulay minimal to‘plami bo‘lib, sedan yangi asboblar paneliga va rul g‘ildiragiga ega bo‘ldi. Markaziy konsolning o‘rtasida MyLink modelidagi ko‘ngil ochish-axborot majmuasining diagonali 7.0 dyuym o‘lchamidagi Touch Screen ekrani joylashgan. Haydovchi yaxshilangan, orqa va yoni tutib turiladigan keng o‘rindiqda joylashadi. Rul g‘ildiragi oldinga ko‘proq chiqarilgan bo‘lib, uning orqasida analogli datchiklari bo‘lgan bort kompyuteri joylashadi. Orqadagni yo‘lovchilar ko‘shimcha 33 mm hajmiga ega bo‘lib, shovqindan izolyatsiya qilingan holda har tomonlama qulay yurishdan lazzatlanishi mumkin.
Xavfsizlikni ta’minlash jihatidan Malibu ning yangi avlodini xarid qilganlarning hafsalasi pir bo‘lmaydi. Uning butlanishida 8 ta xavfsizlik yostiqchalari bo‘lib, teleskopik rul kolonkasi bor, xavfsizlik tizimi shuningdek nishablarda avtomatik tormoz berish, avtomatik kruiz-nazorat, trekshn-nazorat (sirg‘alishga qarshi nazorat) hamda oldingi va orqa datchiklari bo‘lgan to‘xtatishni osonlashtiruvchi tizimi kabi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Chevrolet Malibu ning yangi avlodi ustida ishlagan dizaynerlar, modelning tashqi ko‘rinishiga ko‘proq agressivlik baxsh etishga intilgan. Yangi modeli avvalgi avlodlaridan farqli ravishda tashqi ko‘rinishining mutlaqo yangi shakliga ega. Bukiluvchan va egiluvchan chiziqlar borligi tufayli sedanning qiyofasi yanada ko‘proq jo‘shqinlikka ega bo‘lib, o‘ta yoqimli shakliga ega. Malibu ning oson tanib olish mumkin bo‘lgan firmaviy ikkitalik radiator panjarasi endilikda torroq shakldagi asosiy svetodiodli optika bilan jihozlangan. Kuzovning yon tomonlaridagi relefli bezaklari va orqa qismi ko‘p jihatdan Impala sedan modeliga o‘xshash, umuman olganda esa kuzovning ko‘pchilik elementlari afsonaviy Camaro modeliga o‘xshaydi, lekin bu faqat tashqi o‘xshashlikdir. Bunda kuzovning ayrim detallarini puxta ishlab chiqish hisobiga, a’lo aerodinamik ko‘rsatkichlarga erishishga muvaffaq bo‘ldik. O‘zbekiston bozorida avtomobil 4 xil rangda taklif qilinadi (oq marvarid, oq-kulrang, to‘q kulrang va qora ranglar).
Optsiya | Malibu MALBDB2TL (2 poz, turbo) | Malibu MALBDB2TL(1.5) | Malibu MALBDB2TL(LTZ) | ||
Avtomobil narxlari | 311 124 067 cум | 278 322 334 cум | 324 450 000 cум | ||
Dvigatel | |||||
---|---|---|---|---|---|
Silindir miqdori va joylashuvi | qatorli, 4-silindrli, turbopurkagichli | Турбодвигатель с непосредственным впрыском топлива | qatorli, 4-silindrli, turbopurkagichli | ||
Ishchi hajm, sm3 | 1998 | 1490 | 1998 | ||
Maksimal quvvat, кW/o.k. (ayl/min) | 253 (5300) (ayl/min) | 163 при 5700 об/мин | 253 (5300) (ayl/min) | ||
Maksimal buruvchi moment, Hm (min) | 353 (2000-5000) (ayl/min) | 250 при 2000-4000 об/мин | 353 (2000-5000) (ayl/min) | ||
Uzatmalar qutisi | |||||
Uzatma turi | Old | Передний | Old | ||
Uzatmalar qutisi turi | 6 AUQ | 6 АКПП | 6 AUQ | ||
Ilgak | |||||
Old | Makferson tirgagi | Макферсон | Makferson tirgagi | ||
Orqa | 4 dastakli ilgak | Четырехрычажная подвеска | 4 dastakli ilgak | ||
Siquvchi disk tizimi | |||||
Old/Orqa siquvchi disk | Diskli/Diskli | Дисковые/Дисковые | Diskli/Diskli | ||
O'lchamlari | |||||
Uzunligi, mm | 4923 | 4923 | 4923 | ||
Eni, mm | 1854 | 1854 | 1854 | ||
Balandligi, mm | 1470 | 1463 | 1470 | ||
G'ildirakli baza, mm | 2829 | 2830 | 2829 | ||
Eng kichik aylanib olish radiusi, mm | 5,4 | 5,4 | 5,4 | ||
Ichki hajm | |||||
Yukxona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L | 447 | 447 | 447 | ||
Og'irlik | |||||
Ruxsat etigan vazn, kg | 1495 | 1409 | 1495 | ||
Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg | 2100 | 2100 | 2100 | ||
Dinamika | |||||
Maksimal tezlik, km/s | 250 | 215 | 250 | ||
Tezlik 0-100 km/s, sekundiga | 6,3 | 8,6 | 6,3 | ||
Yoqilg'i sarfi | |||||
Shahar ichida, L | 11,8 | 8,7 | 11,8 | ||
Shahar tashqarisida, L | 8,5 | 7,6 | 8,5 | ||
Yoqilg'i turi | АИ - 95 | АИ - 95 | АИ - 95 | ||
Yoqilg'i bak hajmi, L | 60 | 49 | 60 |