N A V O I Y A T X
background

UZAUTO MOTORSDAN KUTILGAN YANGILIK

24.03.2021

"UzAuto Motors" AJ 2021-yilda yangilangan Chevrolet Equinox va Chevrolet Tracker modellariga shartnomalar tuzishni boshlanganligi haqida xabar beradi.

CHEVROLET EQUINOX - bu shunchaki harakatlanishning oddiy bir usuli emas. Zamonaviy texnologiyalar va yangi imkoniyatlarning joriy etilishi sizning harakatlanish xavfsizligingizni ta'minlaydi hamda avtomobilingizda o'tkazgan har soniyangizdan zavq olish imkoniyatini beradi.

Sizga yangilangan Chevrolet Equinox RS komplektatsiyasi quyidagi imkoniyatlarni taqim etadi:

- To'liq svetodiod optikasi;

- Adaptiv (Moslashuvchan) kruiz-kontrol;

- Orqa tarafdagi transport vositalarining harakati haqida ogohlantirish tizimi;

- Ko'rinishi cheklangan joylar monitoringi;

- Old o'rindiqni ventilyatsiyasi;

- Premium dinamik tizim;

- Xavfsizlikni ta'minlash tizimi (piyodalarni aniqlash, to'qnashuv xavfi mavjudligi haqida ogohlantirish, yo'l chiziqlarini nazorat qilish va hokazo).

CHEVROLET TRACKER - bu o’ziga o’zgacha, ixcham, zamonaviy va ko'p qirrali krossover izlayotganlar uchun. Yangilangan Chevrolet Trackerning LT va Redline komplektatsiyasi o’zining klimat - kontroli, haydovchi o'rindig'ida elektron boshqaruv imkoniyati va sun'iy teri bilan qoplangan o'rindiqlarining mavjudligi bilan avvalgi modellardan farqlanadi. Siz yuqorida keltirilgan keng imkoniyatli komplektatsiyalardagi avtomobil modellarini CHEVROLETning rasmiy dilerlik markazlaridan sotib olishingiz mumkin.

Chevrolet Equinox (2021 yil modeli)

- boshlang’ich komplektatsiya*: 260 000 000 so'm

- RS komplektatsiyasi: 360 000 000 so'm

Chevrolet Tracker (2021 yil modeli)

- boshlang’ich komplektatsiya*: 145 130 000 so'm

- LT komplektatsiya: 201 740 000 so'm

- Redline komplektatsiya: 208 696 000 so'm

* Boshlang’ich komplektatsiyadagi avtomobillarni sotib olish istagini bildirgan xaridorlar dilerlik markazlari yoki info@uzautomotors.com elektron manziliga so’rov qoldirishlari lozim. Yetarli miqdordagi so'rovlar jamlanganidan so'ng, kompaniya ushbu avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berilishini ta'minlaydi.

Narxlar QQSsiz ko'rsatilgan